Toyloq tumani Kengashi deputati Nilufar Jabborova tomonidan Mahalla "yettiligi" faoliyatini tizimli tashkil etish bo'yicha mahalla "yettiligi" bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va Senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV sonli Qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan Muborak va Qo'rg'oncha mahallalarida birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlarini tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar borasida fikr-mulohazalarini bildirdi. Aholi muammolarini hal qilish, “mahalla yettiligi” hamkorligini ta’minlash, uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash tizimini samarali tashkil etish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish kerakligini ta’kidladi.