Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining 112-sessiyasi Vobkent tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida sektor rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashi raisi, tuman hokimi F.Umarov raislik qildi. 

Sessiya ishida dastlab Vobkent tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati to‘g‘risida 2024-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. 

Tumanda 2024-yil dastlabki choragida yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘l transport hodisalarining oldini olish borasida 5 ta joyda tezlikni cheklovchi “Arena” fotoradarlar, 11 ta piyodalar o‘tish joyida piyodalar o‘tishini aks ettiruvchi maket mulyaj, 8 ta manzilda piyodalar o‘tish joyining ikki yo‘l yoqasi yoritish chiroqlari, tumanimiz hududidan o‘tuvchi M-37 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan 6 ta savdo do‘konlari, 4 ta umumiy ovqatlanish oshxonalari oldida qo‘shimcha tungi chiroqlari o‘rnatildi. Tuman hududida yo‘l transport hodisalarini oldini olish, harakat xavfsizligini targ‘ib qilish bo‘yicha mahalliy gazetasi orqali 2 marotaba maqola, 4 ta aholi gavjum joylarida turli ko‘rinishdagi bannerlar joylashtirildi. Tumandagi 31 ta o‘quv muassasalarida va 36 ta MFYlarda YTXlarni oldini olish yuzasidan targ‘ibot uchrashuvlari amalga oshirildi. Vobkent tumani ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan 122 (109)ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Shundan, quvib o‘tish qoidasini buzish holati 9 (4)ta, chorrahadan o‘tish 8 (5)ta, odam tashish qoidasini buzish 11 (3)ta va boshqa yo‘l harakati qoidalarini buzish holati 94 (97)tani tashkil etmoqda. Amalga oshirilgan targ‘ibot va profilaktik ishlari natijasida tumanda o‘tgan davr mobaynida yo‘l transport xodisalar kamayishiga erishildi. 

Jumladan, sodir etilgan yo‘l transport xodisalar 3 tadan 2 taga, shundan, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport xodisalari qayd qilinmagan bo‘lib, tan jarohati bilan bog‘liq YTXlar soni 1 taga kamaygan. YTXlar natijasida tan jarohati olganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 5 tadan 3 taga kamaydi. 

Tumanda barcha toifadagi xo‘jaliklarda joriy yilning 1 aprel holatiga qoramollar bosh soni jami 115,7 ming boshga yetib, shundan sigirlar bosh soni 38,9 ming boshga, qo‘y va echkilar bosh soni 176,9 ming boshga va parrandalar bosh soni 315,9 ming boshga o‘sishga erishildi. Xuddi shunday, go‘sht ishlab chiqarish hajmi 3,6 ming tonna 105 foizga, sut ishlab chiqarish 19,5 ming tonna 107 foizga yetkazildi. Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida: Tumanda “2024-yilda
chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi”ga asosan umumiy qiymati 34,7
mlrd, so‘mga teng 5 ta (3 ta parrandachilik, 2 ta balikchilik) loyihalarini amalga oshirish hisobiga 18 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. 

Chorva yo‘nalishi bo‘yicha: 2024-yilda, “Zaxro Yulduzi” fermer xo‘jaligi 60 bosh naslli qoramollar olib kelish rejalashtirilgan. Bugungi kunda, tumanda chorvachilikning barcha sohasi bo‘yicha jami 36 ta qoramolchilik, shundan 11 ta naslchilik fermer xo‘jaliklari va oilaviy korxona (“Oqrabod”, “Sa’dullo”, “Orziobod”, “Nuriddin-Murod”, “Tursunbozor Zamini”, “Holmurod Alisher”, “Zokirbek chorva 2018”, “Ne’matov Amirbek Rustamovich”, “Najim Toshobod” “Zaxro Yulduzi”f.x va “Razzoqova Zarnigor Abdurasulovna” o/k,)larida jami ozuqa yem-xashak ekinlari ekish uchun tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining bergan ma’lumotiga asosan ushbu xo‘jaliklarda har bir shartli mol bosh soni uchun ekin yer maydonlari ajratib berilgan. 

Chorvachilik sub’ektlarini ozuqa bazasini mustahkamlash bo‘yicha: Tumanda chorvachilik xo‘jaliklarida ajratilgan yerlarda ozuqabop ekinlarni ekilishi holatini xatlovdan o‘tkazish va yerlardan samarali foydalanish nazorat qilish maqsadida ishchi guruh tomonidan har bir chorvachilik xo‘jalik sub’ektlari birma-bir o‘rganib chiqildi. Chorva ozuqalardan 520 gektar beda maydonlari, 36 gektar xashaki lavlagi, 18 gektar oq jo‘xori, 396 gektar makkajo‘xori silos uchun hamda 168 gektar maydonlarda makkajo‘xori don uchun joylashtirilgan. Bundan tashqari, joriy
yilda takroriy ekin sifatida 1338 gektar makkajo‘xori, 2405 gektar tariq, 10 gektar roj ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-121-sonli qaroriga asosan tumandagi fermer xo‘jaliklaridagi yer maydonlarida tovuq, o‘rdak boqish va asalari uyasi parvarishlash bo‘yicha bir qancha chora-tabdirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Parrandachilik yo‘nalishi bo‘yicha: Tumanda 7 ta parrandachilik xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularda 75000 bosh
parranda parvarish qilinib kelinmoqda. 3 ta parrandachilik (“KAIS GOLD EGG” MCHJ, “Vobkent Dezinfeksiya” MCHJ, “Aziz Xushvaxt Parranda” OK) tuman investitsiya loyihalarining manzilli dasturiga asosan umumiy qiymati 34,7 mlrd.so‘mga teng 3 ta loyiha amalga oshirilib 8 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.
Tumanda joriy yilning
1 may holatiga kelib parranda bosh soni 307,3
ming.boshga yetkazilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,8 foizga oshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2024-yil 11-aprelda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarga asosan tumandagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy , qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga (yaxshi, o‘rta hamda ahvoli og‘ir) ajratildi. Tumanda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganish uchun Mudofaa vazirligi, Prokuratura, Ichki Ishlar bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya hamda Adliya bo‘limlariga biriktirildi. Bugungi kunda, tumanda 10 ming nafardan ortiq 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga sektorlar kesimida ajratildi. Jumladan: 1-sektor hududiga bo‘limi, 2-sektor hududiga tuman prokuraturasi, tuman favqulodda bo‘limi, 3-sektor hududiga tuman ishki ishlar bo‘limi va milliy gvardiya hamda 4-sektor hududiga adliya bo‘limlari biriktirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-115-sonli hamda “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 36 ta mahallalardan 2888 nafar yer olish istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirildi. Ro‘yxatga asosan tuman fermer-xo‘jaliklarida 510 ga yer zaxiraga olinib, konturlarga ajratib chiqildi. 

Jumladan, 2024-yil I chorak davomida jami 247 ta normativ-huquqiy hujjatlar elektron shaklda kelib tushgan bo‘lib, mazkur normativ-huquqiy hujjatlar 26 ta tuman darajasidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlariga hamda 44 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazildi. Ushbu yetkazilgan normativ-huquqiy
hujjatlardan 31 tasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 83 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, shundan, 23 ta Farmon, 60 ta qaror, 82 tasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda 51 tasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tegishli hujjatlari tashkil qiladi.
 

Tumanda joriy yilning I chorak davomida norma ijodkorligi sohasida qonunchilikni takomillashtirish borasida bo‘lim tomonidan 6 ta taklif kiritildi. Shu bilan birga, tuman adliya bo‘limi tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qo‘llash amaliyoti va boshqa sohalarga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini
o‘rganish maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.
 

Xususan, joriy yilning I choragi davomida joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi. 

Tumanda jami 43 ta ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, shundan, 41 ta umumta’lim maktablari, 1 ta matematika faniga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ixtisoslashtirilgan agentlik maktabi va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi mavjud bo‘lib, ushbu maktablarda jami 21483 nafar o‘quvchilar ta’lim olib, ularga 2113 nafarga yaqin o‘qituvchilar ta'lim-tarbiya berib kelmoqda. Tumanda ta’lim yo‘nalishi 2 ta tilda ya’ni o‘zbek va rus tillarida olib borilmoqda. Tumanda hisobot davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 35 ta, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 95 tani tashkil etadi. Hozirda tumanda jami 3-7 yoshli bolalar soni 11399 nafarni tashkil etib, shundan, 9140 nafari yoki 80,1 foizga maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinishiga erishildi. 

Tumanda tashabbuskor tadbirkorlar bilan hamkorlikda 2024-yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim agentligi
bilan kelishilgan holda ularning roziligi asosida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha reja asosida 9 ta yangidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, yana tumandagi “Shirin” mahalla hududida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabining bo‘sh turgan
binosi 700,0 mln.so‘mga qayta ta’mirlanib (jihozlanib) yangi 90-o‘rinli, “Hajuvon” va “Ko‘lxatib” mahalla hududida yangidan 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida tumanda qamrov darajasini 87 foizdan ortiq ko‘rsatkichga yetkazish imkonini yaratadi.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2866-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 2024-yil
3 oyi davomida 45-yoshdan 65-yoshgacha bo‘lgan jami ayollarni soni 15099 nafarni tashkil etadi. Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tashkil qilingan onkonazorat xonalari orqali 3807 nafar ayollarda saratonni erta aniqlash skrining tekshiruvidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu xotin-qizlardan rejaga muvofiq 2024-yil davomida 2382 nafari yoki 62,5 foiz skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. Shundan, kasallik aniqlangan 26 nafar ayollar “D” nazoratga
olinib sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tumanda 2024-yil davomida reja asosida xotin-qizlarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish va kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash ishlari amalga oshiriladi. 

Tumandagi jami 47191 nafar bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog va ortoped kabi eng zarur mutaxassislar
tomonidan manzilli tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib, 2024-yilning o‘tgan davri davomida tuman bo‘yicha ushbu bolalardan 30918 nafar yoki 65 foizi tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib, shundan, 8536 nafarida yoki 18,0 foizga
kasalliklar aniqlandi va ularning barchasida sog‘lomlashtirish ishlari reja asosida olib borildi.
 

Tuman mahallalarida tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish bo‘yicha 2023-yilda tuman hududlaridagi 10 ta mahallalarda tibbiyot punktlari tashkil etilib, 35600 nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish aholiga yaqinlashtirildi. Shuningdek, birlamchi tizim muassasalariga markazlashtirilgan holda 120 turdagi asosiy dori vositalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalariga asosan o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qaroriga asosan 2024-yil mobaynida 3019 nafar xotin-qizlar bandiligini ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, jumladan, kasb-hunarga o‘qitishga
685 nafar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonlikka o‘qitishga 466 nafar, 1432 nafarini doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga402 nafari hamda tadbirkorlik va o‘zini
o‘zi band qilishda rag‘batlantirishda 35 nafarini band qilish rejalashtirilgan. 

Joriy yilning I chorak davomida 216 nafar xotin-qizlar kasbga o‘qitildi, 161 nafar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va 1606 nafar xotin-qizlar doimiy va mavsumiy ishlarga joylashishiga ko‘maklashildi. Tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 2024-yil I chorak davomida “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida 266 ta jismoniy va yuridik shaxslarga jami 4,0 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar
mablag‘lari ajratildi.
 

2024-yil I choragi davomida Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmalariga qarashli gaz taqsimlash stansiyasidan jami 24916,615 ming.kub.metr tabiiy gaz hajmi qabul qilingan bo‘lib, shundan, aholi xonadonlari uchun 17562,598 ming m3, ulgurji iste’molchilar uchun 5196,493 ming m3 va AGTKShlarga 3784,605 ming
m3 tabiiy gaz hajmlari yetkazib berildi.
Tumanda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishning oldini olish, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash maqsadida tumangaz xodimlari tomonidan reyd tadbirlari olib borilishi natijasida 2024-yil yanvar-mart oylari davomida jami 56 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi. 

Tuman iste’molchilarining tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligini undirish bo‘yicha iste’molchilarga ogohlantirish
xatlari yuborilib, sud organiga da’vo arizalari kiritish choralari ko‘rilmoqda.
“Vobkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tabiiy gaz yetib bormaslik ehtimoli bo‘lgan tuman hududlaridagi aholi punktlariga maxsus avtotransport vositalari yordamida suyultirilgan gaz tarqatish tashkillashtirilgan. 

Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 19