Xalq deputatlari shahar kengashi deputati Gulshanda Bobomurodova hamda Zarafshon shahri hokimining o‘rinbosari Sevdiyor Uvaytov tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida "Yoshlik" MFYda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar, yoshlarning bandligi ta'minlash, kredit ajratish va uy-joy kommunal sohalariga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.