📍 Belgilangan tartibga ko‘ra:
🔹 Toshkent shahar va viloyatlar ichki ishlar bosh boshqarmalari rahbarlari huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan har chorakda, jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha esa har olti oyda tegishli Kengashlarga hisobot taqdim etadi.
🔹 Tuman va shahar ichki ishlar organlari rahbarlari huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligi holati yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot beradi.