Joriy yilning 6-mart kuni Atrof-muhitni asrash va “Yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan O‘zbekiston Ekologiya partiyasidan saylangan Zangiota tuman 2-okrug deputati Turg‘unov Doniyor Mannapjanovich va 17-okrug deputati Mirzaxmedova Yorqinoy Xatamovnalar Ixtisoslashtirilgan maktabning “EKO-maktab” a’zolari uchun “Green University"ga sayohat uyushtirishdi.
Mazkur universitet 2024-yilning 10-fevral kuni Toshkent viloyatida ochildi.
O‘quvchilar universitet haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, bu universitet biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishi va ifloslanishning uch karra sayyoraviy inqirozini hal qilishda yordam berishi, ekologik ta’lim orqali universitet boy tabiatga ega mintaqani asrashga xizmat qilishiga yana bir bor amin bo‘ldilar.