Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
Bandixon tumanida mahalliy byudjet parameterlarining bajarilishini ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati I.A.Xalmatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
Monitoring davomida tuman mahalliy byudjetining daromad va xarajatlar qismi ijrosi, ijtimoiy soha muassasalarini moliyalashtirish holati, “Tashabbusli byudjet” tadbirlari doirasida ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi hamda bo‘limda moliyaviy shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha byudjet daromadlari bazasini oshirish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish va resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan bo‘lim rahbar hamda mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.