Yangiliklar

#Oʻrganish #Qonun_ijrosi

#Oʻrganish
#Qonun_ijrosi

Tuman Madaniyat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-sonli «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔰Mazkur o‘rganish ishlari tuman Kengashi deputati N. Muxiddinovaga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi J. Yusupov tomonidan olib borildi.

🔰O‘rganish davomida Qonunning tegishli moddasi talablari asosida tumandagi 3 ta Madaniyat markazlarining faoliyati ko‘rib chiqildi.

🔰Jumladan, Madaniyat markazlarida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, aholining madaniy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, milliy qadriyat va an’analarni targ‘ib qilish hamda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi.

🔰Shuningdek, madaniyat markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilindi.

Slide 1 of 7