Yangiliklar

#Deputat_faoliyati

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

♻️Toshkent viloyati Kengashi deputati Sheyk Natalya hamda xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Feruza Rajapova tomonidan tumandagi 14-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

♻️ O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

♻️ Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, qish mavsumida uzluksiz ta’lim jarayonini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

♻️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsumni betalofat o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2