Yangiliklar

“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Hududlarda sanitariya va tozalikni ta’minlash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish hamda olib chiqib ketish aholi uchun qulay va sog‘lom muhit yaratishning muhim shartlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, hududdagi maishiy chiqindilarni yig‘ish va ularni o‘z vaqtida olib chiqish holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ning 17-bandi — chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahalladagi chiqindi to‘plash joylarining sanitariya holati, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish tizimi, ayrim hududlarda chiqindilarning to‘planib qolishining oldini olish hamda umumiy obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish xizmatining muntazamligi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, hududda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududda tozalikni ta’minlash choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Tozalik — faqat obodonlashtirish xodimlarining emas, balki har birimizning umumiy mas’uliyatimizdir.