Murojaat ijobiy hal etildi
♻️Tuman Kengashi deputati K. Mamurova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z saylov okrugi hududidagi “Obod” mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordi.
♻️O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolarining murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
♻️Jumladan, mahalla fuqarosining nevarasini to‘garakka joylashtirish bo‘yicha qilgan murojaati deputat ko‘magida ijobiy hal etildi.
♻️Bunday xonadonbay o‘rganishlar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.