✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati T.Xoliqov tomonidan “Olmazor” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
✨O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✨Shuningdek, deputat tomonidan mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari va hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.
✨O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish va mahalla hududida yashovchi aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.