O‘rganish davomida Ortiq Otajanov nomli mahalladagi “Xorazm” ko‘chasining yo‘l qismiga asfalt yotqizish zarurligi aniqlandi.
Mazkur masala yuzasidan Bog‘ot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilib, ko‘chani ta’mirlash va aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.
Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda hududdagi infratuzilma muammolarini bosqichma-bosqich hal etish ishlari davom ettirilmoqda.