35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov va Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov tomonidan profilaktika inspektori bilan hamkorlikda “Qorliq” mahallasi hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududdagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram

Slide 1 of 3