Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashining 13-okrug deputati A.Kudayberganovaga M.M. Xorazmiy hamda Farobiy mahallalari aholisi tomonidan elektr energiyasi kuchlanishining pastligi yuzasidan bir qator murojaatlar kelib tushgan edi.
✨Murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
✨Tadbirkorlarning homiyligi hamda deputatning tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan mahallada yangi transformator o‘rnatildi.
✨Mazkur ishlar natijasida elektr ta’minoti sifati yaxshilanib, aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammoga yechim topildi.
✨Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.