Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-saylov okrugidan saylangan deputat Aleksandr Shapovalov tomonidan "Bogʻzor" mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida deputat mahalladagi ijtimoiy xodim bilan birga aylandi va faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅Jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash jarayonlari joyida o‘rganildi.
✅Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
✅ Aniqlangan masalalarni hal etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning muammolarini joyida hal etishga qaratilgan bunday o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.