➡️Kuni kecha Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
⚡️ Yig‘ilishga viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S. Usmonov raislik qildi.
✍️Yig‘ilish davomida Kengashlar faoliyatining bugungi holati tahlil qilinib, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda namunali faoliyatni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
Xususan
🖊 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni yuritish sifati, e’lon qilinayotgan materiallarning haqqoniyligi va mazmunan to‘g‘ri yoritilishi, Kengashlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.