Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani 2-“Mirzakalon Ismoiliy” okrugi deputati, O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi a’zosi, Umarov Ravshan Maxamatjanovich tomonidan okrugi hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonlarida “Mahalla yettiligi” va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. O‘tkazilgan tadbirlar jarayonida savdo shaxobchalari rahbarlari bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyati, iste’mol bozorlaridagi narx-navo va xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, muddati o‘tgan va sertifikatlanmagan mahsulotlarni sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aniqlangan yaroqsiz tovarlar savdo rastalaridan olib tashlash, sanitariya talablariga rioya qilinishi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tavsiyalar berildi.