Yangiliklar

O‘rganish

✅Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashining 1-okrug deputati A.Saydaxmedov tomonidan o‘z saylov okrugida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

✅O‘rganish jarayonida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash jarayonining to‘g‘ri tashkil etilganligi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish holatlari ko‘rib chiqildi.

✅O‘rganish yakuni bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3