Yangiliklar

Deputat mahallada o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotga “Deputatlik so‘rovi” yubordi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisining murojaatlariga ko‘ra:
“Obod diyor” ko‘chasining 5,5 km qismi;
-“Bog‘aro” ko‘chasining 3,5 km qismi shag‘allashtirish (toshlash) ishlari amalga oshirilmaganligi sababli fuqarolarning harakatlanishida, transport qatnovida va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Obod diyor” ko‘chasining 5,5 km hamda “Bog‘aro” ko‘chasining 3,5 km qismini shag‘allashtirish (toshlash) ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishingizni, mazkur ishlarni manzilli dasturlarga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqishingizni hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan 10 kun muddatda yozma ravishda ma'lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
"Bobotog‘ " mahallasida ushbu muammoni hal etish maqsadida Tuman hokimi o‘rinbosariga “Deputatlik so‘rovi” yuborildi.

Slide 1 of 1