Yangiliklar

#Deputat_nazarati

♻️Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan “Chinor” mahallasida mahalla raisi va faollari ishtirokida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamni tayinlash va to‘lash jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️O‘rganish davomida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining amaldagi tartib asosida amalga oshirilishi, yordamga muhtoj oilalarning murojaatlari, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari hamda nafaqa va moddiy yordamning manzilli yetkazilishi masalalari muhokama qilindi.

♻️Shuningdek, mahalla faollari bilan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yordamning adolatli va shaffof taqsimlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.                                         

Slide 1 of 4