✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 8-okrug deputati N.Muxitdinova tomonidan tumanda yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda intellektual va jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturining ijrosi o‘rganildi.
✨O‘rganish davomida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilish holati, yoshlarning to‘garak va mashg‘ulotlarga jalb etilishi, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✨Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, dastur ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan zarur vazifalar belgilandi.