Yangiliklar

#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabova tomonidan Charag‘bon MFYda tuman Kengashi deputatlari M.Aminova va N.Muminovalar bilan birgalikda deputat tashabbusi asosida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida amalga oshirilgan ishlarning holati ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi hamda ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur monitoring tadbiri deputatlik nazoratini kuchaytirish, tashabbuslar ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarning dolzarb muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.
Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish yo‘lida joylarda tizimli ishlarni davom ettirmoqda.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1