️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari L.Ro‘ziyevlar hamkorligida "Dalmunobod" mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini bartaraf etish, doimiy ish o‘rinlari va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bandligini yanada oshirish hamda mahallada amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.