Yangiliklar

📌 "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi: o‘quvchilar bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida "Nilufar" bolalar dam olish oromgohida dam olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Deputat oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilarning fikr va takliflarini tingladi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborishga kelishildi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. 🤝