Yangiliklar

#Deputat_mahallada

Tuman Kengashi deputati N. Muxiddinova "Sortepa" mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

♻️Tashrif davomida deputat ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

♻️Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish va manzilli yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

♻️Deputat mahallada olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholab, ijtimoiy xodim faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 3