Uchrashuv avvalida ishtirokchilar 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy qutlanib, mamlakatimiz taraqqiyotida yoshlarning o‘rni, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.
📌 Shuningdek, tadbir davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish, qonunchilik jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
➡️ Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflari yuzasidan atroflicha javob va tegishli tavsiyalar oldilar.