Yangiliklar

#Deputat_faoliyati

Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini o‘rganish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida 20-okrug deputati F. Zokirov "Harakat" mahallasi yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, sport va madaniy tadbirlarga jalb etish, tadbirkorlikka qiziqayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda "Yoshlar daftari" bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularning bandligi, ta’lim olishi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat F. Zokirov yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 4