Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda 11 – Muqumiy saylov okrugi deputati o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Pedagogika texnikumida bo‘lib, o‘quv binosida amalga oshirilayotgan bazalt qoplama ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ishlarni sifatli tashkil etish va mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.