Yangiliklar

Mahallalarda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

       Jarayonda mahalla raisi Sh.Xamidullayev, hokim yordamchisi S.Qosimov hamda yoshlar yetakchisining aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

       Joriy yil davomida 25 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan, 115 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Shuningdek, 5 nafar fuqaroga kredit olishda amaliy ko‘mak berilgan hamda 8 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilgan.

      O‘rganish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham muhokama qilinib, aholi farovonligini oshirish va ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 4