Yangiliklar

📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI

🔹 Aholi uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Yo‘ldoshova hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shovot tumani Kengashi raisi O. Akimova tomonidan Mevazor mahallasi hududidagi savdo shoxobchalari faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida: ✅ mahsulotlar assortimenti;
✅ narx-navolar holati;
✅ savdo xizmatlari sifati;
✅ aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
🔹 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Aholi manfaatlari yo‘lida o‘rganish va nazorat ishlari davom etmoqda.