Yangiliklar

Zafarobod tumanida o'rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputati Zafarobod tumani Kengashiga 8-"Obod" saylov okrugidan saylangan deputat D.Chankaeva tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi.
Jumladan:
✔️ boshqaruv kompaniyalari faoliyati
✔️ pod’ezdlar tozaligi
✔️ uy atrofining obodonligi va yoritilishi
kabi masalalar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ularni bartaraf etish choralari belgilandi.

Slide 1 of 2