O‘rganish jarayonida iste’molchilarga taklif etilayotgan mahsulotlarning saqlash sharoitlari, amaldagi talab va me’yorlarga rioya etilishi hamda narxlarning barqarorligi alohida nazorat qilindi.
Shuningdek, savdo nuqtalari mas’ullariga mahsulotlar sifatini ta’minlash, yaroqlilik muddatlariga qat’iy rioya etish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlar aholining iste’mol huquqlarini himoya qilish, ichki bozorda sifatli va xavfsiz mahsulotlar ta’minotini nazorat qilishga xizmat qiladi.