Yangiliklar

Ichimlik suvi muammosi o‘rganilmoqda

“Yangibuston” mahallasining “Istiqlol”, “Ufq” va “Lutfikaram” ko‘chalariga ichimlik suvi yetib bormayotgani aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Vaholanki, “Shohrux Temirbek Hamkor” MChJ tomonidan yangi quduq qazilgan. Biroq, undagi kamchiliklar sababli obyekt qabul qilinmay, hozirga qadar ishga tushirilmagan.

Mazkur muammoni hal etish maqsadida tuman deputati A.Ibadullayev, mahalla raisi M. Almamatov, ko‘chaboshilar hamda tuman “Suvta’minot” xodimlari ishtirokida mahallada o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati