Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

25-okrug deputati Nazarov Mahmud tomonidan “To‘qmachi” MFY hududida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bugungi holati ota-onalar va o‘qituvchilarning og‘zaki murojaatlari asosida o‘rganildi.

▫️ Maktab binosi taʼmirtalab

▫️ Sport zali mavjud, biroq jihozlari eskirgan va foydalanishga yaroqsiz

▫️ Maktab 420 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, hozirda 831 nafar o‘quvchi ikki smenada tahsil olmoqda

📨 Aniqlangan muammolar yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga mazkur maktabni mukammal ta’mirlash dasturiga kiritish bo‘yicha deputatlik so'rovini yuborishga kelishib olindi.

 https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi

Slide 1 of 6