✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati M.Qoraxo‘jayev tomonidan o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hududlarda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, yoshlar va xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi