Yangiliklar

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik dayjesti

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik dayjesti (23–28 fevral, 2026-yil)


🔹 E’tirof

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirokidagi uchrashuvda Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi eng faol Kengashlardan biri sifatida e’tirof etilib, 3-darajali diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🔹 O‘zLiDeP yig‘ilishi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida tumanda 2025-yilda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Deputatlar ishlar samaradorligini tahlil qilib, taklif va tavsiyalar berdilar.

🔹 Ochiq muloqot

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda hosildorlikni oshirish masalalari yuzasidan tuman Kengashi deputatlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔹 Sayyor qabullar va uchrashuvlar

Mahallalarda sayyor qabullar va uchrashuvlar tashkil etilib, fuqarolarning bandlik, uy-joy, kredit, ijtimoiy yordam va yer masalalariga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi.

🔹 Ta’lim sohasida yangilik

68-sonli maktabda 330 o‘rinli yangi o‘quv binosi va zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova ishtirok etdi.

🔹 Media tadbirlar rejasi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yilda o‘tkaziladigan media tadbirlar rejasi asosida ochiq muloqotlar, sayyor qabullar va axborot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Xulosa: Hafta davomida tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish hamda ochiqlikni ta’minlash yo‘nalishlarida samarali ishlar olib borildi.

Slide 1 of 1