Yangiliklar

Deputatlar hamkorlikda

Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari B. Alixanov, M. Xodjayeva hamda tuman deputati Yo.Mirzaxmedovalar ishtirok etib, ekologik muammolar va ularni oldini olish choralari yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordilar.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik harakat vakillari, maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi. 

Yosh ekologlar o‘z ekologik loyihalarini taqdim etishdi.

Slide 1 of 2