"- Elbek mahallasida yashayman. Koʼchamizga elektr energiyasi uchun oʼrnatilgan simyog'ochlar yaroqsiz holatga tushib qolgan,- dedi Oygul Islomova.- Simyog'ochlar yiqiladigan darajada. Bu holatda vaqti kelib elektr simlari uzilib ketishi mumkin."
Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati D.Jabborovaning saylovchilar bilan oʼtkazilgan qabuli yuqoridagi murojaatlar bilan boshlandi. Darvoqe, inson bor ekan, muammolar ham bisyor. Аholining roziligi esa ularni tashvishga solayotgan masalalar yechimini yakdillik bilan izlab topishda aks etadi.