Yangiliklar

Deputat

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufiziga munosib tarzda va yuksak saviyada keng nishonlash, yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash maqsadida, tuman MMTBga qarashli 32-sonli maktabida madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Toshkent viloyati Faxriylar kengashi raisi O.Tulaganov Yuqori Chirchiq tumani Kengashi deputati Sh.Shoyimova, Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari R.Isamatov, qurolli kuchlar faxriylari ishtirok etdi.

So‘z olganlar Davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng islohotlar haqida, O‘zbekistonning Qurolli Kuchlari qudrati va bugungi harbiy sohadagi va harbiylarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr-mulohazalarini o'rtoqlashdilar

Slide 1 of 1