Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlari Shukurjon Axmedova va Nafosat Allaberganovalar mahallada ko‘chama-ko‘cha, xonadonma-xonadon yurib, aholining muammo va takliflarini o‘rgandilar.
Shuningdek, mahallada o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi tahlil qilindi. Kambag‘allik chegarasidagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
O‘rganish natijalari yuzasidan tuman Kengashi kotibiyatiga batafsil maʼlumot kiritishga kelishib olindi.