Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“XALQABOG‘” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati E.Omonov tomonidan “Xalqabog‘” mahallasida ijtimoiy xodim bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📝Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

✅Suhbat davomida ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini inobatga olgan holda manzilli yondashuvni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

📌Uchrashuv yakunida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan tizimli ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.