Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 9-Rovatak saylov okrugi deputati Baxovadinov Baxtiyor Shaxobitdinxo‘jayevich tomonidan Kuchlik mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholining doimiy daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2