Mahalladagi xotin-qizlar faolining faoliyati o'rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 9-Rovatak saylov okrugi deputati Baxovadinov Baxtiyor Shaxobitdinxo‘jayevich tomonidan Kuchlik mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati, xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, bandligini ta’minlash, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Xotin-qizlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning mavjud muammolarini aniqlash va har bir fuqaroning ehtiyojidan kelib chiqib, manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!