Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
219-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayoni o‘rganildi

 219-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayoni o‘rganildi

📚 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlik subyektlarini jalb etish bo‘yicha belgilangan vazifalar, xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 78-son qarori ijrosini ta’minlash holati yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

🔎 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, 11-Umid saylov okrugi deputati K.Muxitdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixovlar Olmazor tumani “Umid” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 219-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

👨‍🎓 O‘rganish davomida o‘quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quvchilarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, amaliy mashg‘ulotlar va kasbga yo‘naltiruvchi tadbirlarni yanada kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4