Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
“Uch avlod” uchrashuvida saylovchilar savollariga javob berildi

“Uch avlod” uchrashuvida saylovchilar savollariga javob berildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati G. Abdullayeva O‘rta qishloq mahallasida tashkil etilgan “Uch avlod” uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘ziga biriktirilgan yo‘nalish doirasida O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 256-I-sonli “Fuqarolik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Fuqarolik kodeksining 215-moddasi — “Munitsipal mulk”, 1157-moddasi — “Egasiz qolgan mol-mulk”, 1144-moddasi — “Qonun bo‘yicha meros olinganida merosni muhofaza qilish va uni boshqarish” bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda fuqarolar tomonidan mazkur qonun hujjatlarida belgilangan normalarning amaliyotdagi qo‘llanilishi, mulkiy munosabatlar, egasiz qolgan mol-mulkni huquqiy tartibga solish hamda merosni muhofaza qilish va boshqarish tartiblariga oid savollar berildi.
Deputat G. Abdullayeva saylovchilarning murojaat va savollarini tinglab, amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil javoblar berdi hamda fuqarolarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini bilish va ulardan qonuniy asosda foydalanish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi.

Slide 1 of 1