Maktabdagi sport zallari va sport anjomlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan saylangan hudud — Bunyodkor MFYdagi 4-sonli umumta’lim maktabida Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov bilan birgalikda sport zallari va ularda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabdagi sport zallarining mavjudligi, ularning jihozlanganlik darajasi, sport anjomlarining soni va holati, shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, sport zallaridan samarali foydalanish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.