Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

4-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

4-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan saylangan hudud — Bunyodkor MFYda joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, mavjud sharoitlar hamda aniqlangan kamchiliklar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5