Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
10-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida guruh xonalarining jihozlanganligi, bolalar uchun yaratilgan qulayliklar, sanitariya-gigiyena holati, o‘yin va mashg‘ulotlar uchun mavjud sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bolalarning sifatli va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va saqlash holati, oshxonaning sanitariya holati, kunlik taomnomaning tashkil etilishi hamda tayyor taomlarning belgilangan talablar asosida tarbiyalanuvchilarga yetkazilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashkilot mas’ullari bilan suhbat davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yaroqlilik muddatiga qat’iy rioya qilish, mahsulotlarni belgilangan sharoitlarda saqlash, oshxona va ovqatlanish joylarida sanitariya talablarini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ullarga tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, oziq-ovqat ta’minoti va ovqatlanish sifatiga doimiy e’tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3