Fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev tomonidan Do‘stlik MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi. Ularning muammo, murojaat va takliflari tinglanib, aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikrlar olindi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda murojaatlar daftariga qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Aniqlangan masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.