Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #11_band #Kengash_raisi #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi — deputatlik nazoratida

Yangi O‘zbekistonning zamonaviy va munosib qiyofasini yaratishda ta’lim muassasalarida qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, o‘quvchilar uchun xavfsiz va sifatli ta’lim muhitini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumini puxta tayyorgarlik bilan qarshi olish ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashda muhim omildir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda deputat, eskpert guruhi a'zosi S.Xodjayeva ishtirokida shahardagi 2-sonli umumta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tashrif davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, mavjud sharoitlar hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.

Xususan, 11-band — ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimi holatini o‘rganish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay, xavfsiz va munosib sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Deputatlik nazorati — ta’lim muassasalarida munosib sharoitlarni ta’minlashning muhim omili!

Slide 1 of 3